maktabi
Ta'lim mazmuni
DATA xalqaro maktabi har bir bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini rivojlantirish orqali o'ziga xosligi va intilishlarini qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. DATA xalqaro maktabi o'quvchilariga zamonaviy va global jamiyatning talablariga javob beradigan, ularga ijtimoiy hayotda muvaffaqiyat qozonish yo'llarini ko'rsatib beradigan chuqur va xilma-xil bilimlarni ta'minlashni maqsad qilib qo'ygan. Maktab, shuningdek, o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlariga moslashgan individual yondashuvni ta'minlashga intiladi.
Xalqaro ta'lim platformasi
“DATA” xalqaro maktabida xalqaro tan olingan, Singaporning “Teachmint” ta’lim platformasidan foydalangan holda ta’lim jarayonlari boshqariladi. Bu ota-onalar, o’quvchilar va o’qituvchilar uchun ta’limga doir barcha ma’lumotlarni uzliksiz almashishda yordam beradi. Platformada o’quvchilar uchun mustaqil ingiliz tilini o’rganishda xalqaro o’qituvchilar tomonidan yozib olingan darsliklar bazasi mavjud.
“Young Engineers” ta'lim metodikasi
Garvard ta’lim maktabi va Yevropa Ittifoqi komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan “Young Engineers” (“Yosh muhandislar”) ta’lim modeli va texnologiyasi orqali “DATA” xalqaro maktabida injinerlik mashg’ulotlarini tashkil qilganmiz. Ushbu franshiza loyihasi Xorazmda yagona. “Young Engineers” kompaniyasi 2008 yilda tashkil etilgan bo’lib, 60 dan ortiq mamlakatlarda 4-15 yoshdagi o'quvchilarni injinerlikka tayyorlab kelmoqda. Hozirgacha butun dunyo bo'ylab 50 000 dan ortiq yoshlarga ta’lim bergan.
Interaktiv video darsliklar
DATA xalqaro maktabida Xorazmdagi yagona interaktiv video yozib olish studiyasining mavjudligi o'quvchilarga zamonaviy va innovatsion ta'lim metodlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday studiyaning mavjudligi maktab ta'limini yanada samarali va interaktiv qilishga imkon beradi, bu esa o'quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini kengaytiradi. Interaktiv video yozib olish studiyasi tufayli o'quvchilar murakkab mavzularni video vizualizatsiyalari orqali osonroq tushuna oladilar. Bu o'quvchilarga murakkab mavzularni yorqin va tushunarli misollar yordamida o'zlashtirish imkonini beradi. DATA xalqaro maktabining o'qituvchilari tayyorlagan ixtisoslashgan video materiallar o'quvchilarni dunyo miqyosidagi ta'lim standartlari bilan ta'minlaydi. Bu ularning global miqyosda raqobatbardosh bo'lishini ta'minlaydi.
Xalqaro o'qituvchilardan ta'lim olish
DATA xalqaro maktabida xalqaro o'qituvchilarning mavjudligi o'quvchilarga turli madaniy va akademik tajribalarni birlashtirgan holda sifatli ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi ta'lim muhiti o'quvchilarning global qarashlarini kengaytiradi va ularni turli madaniyatlararo munosabatlarda samarali ishtirok etishga tayyorlaydi. Xalqaro o'qituvchilar xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan dasturlar orqali o'qitishadi, bu esa o'quvchilarga xalqaro imtihonlarga va universitetga kirish talablariga tayyorgarliklarida ustunlik beradi. Xalqaro o'qituvchilar o'zlarining global tajribalarini sinf muhitiga olib kelishlari o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi. Xalqaro o'qituvchilar bilan ishlash, ayniqsa ingliz tili kabi xalqaro tillarni o'rganayotgan o'quvchilar uchun katta afzallik beradi. Nativ darajada so'zlasha oladigan xorijiy o’qituvchilar bilan doimiy suhbatlashish mahalliy oqituvchilar va o’quvchilarga tilni tabiiy muhitda o'rganish va amaliyot qilish imkonini beradi.