maktabi
Maktabimiz haqida
Maktabning asosiy xizmatlari: 6 - 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun umumiy o’rta ta’lim xizmatlarini ko’rsatish. Ta’limda xorijiy tillar va IT texnologiyalarni chuqur o’rgatish orqali o’quvchilarda global fikrlashni shakillantirish.
Maktabimiz tarixi
“DATA” xalqaro maktabi 2024-yilda tashkil qilingan bo‘lsa ham, “DATA” brendi 2019-yil dekabr oyida Shahzod Sobirov tomonidan asos solingan. Avval loyiha kichik o‘quv markaz sifatida Urganch shahridagi “Darital” savdo binosining 2-qavatida faoliyat boshlagan. Loyiha maqsadi yoshlarga IT va ingliz tili bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilish va kasbga yo‘naltirishdan iborat edi. “DATA” o‘quv markazi dastlab 30 ta kompyutergacha o‘z mablag‘lari hisobidan markazni kengaytirgan bo‘lsa, 2021-2023-yilga qadar qo‘shimcha 5.5 mlrd so‘mlik grantlar va homiylik mablag‘lari orqali markazni 6-7 barobarga kengaytirgan. 2024 yilga kelib esa 1000 nafarga yaqin doimiy mijozlar, 80 nafardan ortiq o‘qituvchi-xodimlarga ega bo‘lgan yangi binoda Respublikadagi ko‘zga ko‘ringan ta’lim markazlari qatoriga qo‘shildi. Brendni ommalashtirish va ta’limga yanada chuqurroq yondashish maqsadida “DATA” brendi ostida 2024-yilda Xorazmdagi xususiy xalqaro maktab ochish ishlari boshlangan.
Maqsadimiz
Bizning maqsadimiz, yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan va jamiyatimizga ijobiy ta’sir qiladigan avlodni yetishtirishdir. O‘quvchilarimiz kelajakda yetakchilar, tadbirkorlar va o‘z sohasining professionallari sifatida tanilishi kerak. Bizning yondashuvimiz, sog’lom, raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarga ega, o‘zining intellektual va ijtimoiy rivojlanishida faol, hayotga tayyor yoshlarni tarbiyalashdir.
Qadriyatlarimiz
-
Hurmat va qabul qilish
-
Yaxshi axloq va adolat
-
O'zaro hamkorlik
-
O'z-o'zini rivojlantirish va o'rganish
-
Yaratuvchanlik va yangilik
-
Javobgarlik va mustaqillik
-
Salomatlik va farovonlik
-
Birgalikda maqsad sari intilish
Maktabimiz jamoasi
Sardor Kuziyev
Maktab direktori
DILFUZA BAXODIROVNA
O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Ikbal Masharipova
HR direktor
Aziza Hasanova
Akademik direktor
Sardor Allayarov
Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari
Malika Tadjibayeva
Qabul bo‘limi rahbari