maktabi
Ota va ona uchun
DATA xalqaro maktabi farzandlariga Oʻzbekiston davlat taʼlim dasturiga muvofiq ongli taʼlim tamoyillari asosidagi xalqaro standartlar bo’yicha taʼlim berishni rejalashtirgan va shu tariqa hayotga zarur ko‘nikmalar bilan birgalikda olingan bilimlar hajmining yuqori talablarini qo’yadigan ota-onalar uchun eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Maktabimizda g‘amxo‘r, dunyoqarashi keng bolalar tarbiyalanadi, ular bilan yuqori malakali va g‘ayratli o‘qituvchilar ishlaydi.
Aloqa usullari
DATA xalqaro maktabida ota-onalar bilan muntazam ravishda turli yo'llar bilan aloqa qiladi. O’quvchilarimizning ta'lim olish jarayonidagi faol hamkorlari sifatida ota-onalar yuzaga kelgan har qanday savol yoki muammolar bilan murojaat qilishlari mumkin. Birinchi navbatda sinf rahbariga murojaat etiladi. Akademik qismga aloqador bo’lmagan masalalar bo'yicha ota-onalar ma'muriyat vakili bilan uchrashuv tashkil qilish uchun maktab qabul bo'limiga murojaat qilishadi.
Maktab avtobusi
Maktabimizda 3 ta avtobus mavjud. Belgilangan manzil bo’yicha kunning 2 mahalida hafsiz harakatlanadi.
Har bir sinf o’quvchilari bir oyda 3 marotaba shahar bo'ylab ekskursiyalarga maktab transportlarida olib boriladi.
Maktab formasi
Maxsus maktab formasi bo'lishing maqsadi o`quvchilarda mazkur maktabga tegishlilik hamda bundan mag`rurlanish hissini shakllantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, maktab formasi shakllarini belgilash o`qivchilarni DATA xalqaro maktabi hamjamiyatining to‘la huquqli a’zolari sifatida so‘zsiz tan olish holatining muhimligini kuchaytirish, shuningdek, ularga maktabimizni namoyish etayotganligi bilan faxrlanish imkonini beradi.
Uyda ta'lim
DATA xalqaro maktabi uyga vazifa berishni qo'llab-quvvatlamaydi. Maktabdan keyin o‘quvchilarda oilalari bilan muloqot qilish uchun muvofiqlashtirilgan hayot va bo‘sh vaqtning mavjudligi - rivojlanishning muhim shartlaridan biridir. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, eng qimmatli tajriba bolalar tomonidan maktab devorlaridan tashqarida to'planadi. Shu sababli biz o'quvchilar uchun eng muhim narsa, ularning kundalik uyda o'qishi deb hisoblaymiz