maktabi

MAKTAB MISSIYASI
DATA xalqaro maktabi har bir bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini rivojlantirish orqali o'ziga xosligi va intilishlarini qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. DATA xalqaro maktabi o'quvchilariga zamonaviy va global jamiyatning talablariga javob beradigan, ularga ijtimoiy hayotda muvaffaqiyat qozonish yo'llarini ko'rsatib beradigan chuqur va xilma-xil bilimlarni ta'minlashni maqsad qilib qo'ygan. Maktab, shuningdek, o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlariga moslashgan individual yondashuvni ta'minlashga intiladi.
Maktabimiz afzalliklari

Bolalarni har tomonlama rivojlantiramiz
Bizning ta’lim dasturimiz nafaqat sifatli bilim berish, balki bolalarning tanqidiy, ijodiy, tahliliy va ijtimoiy fikrlashini rivojlashtirishga hamda ularning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga qaratilgan.
XALQARO OLIMPIADALAR
DATA xalqaro maktabining olimpiadalar bo’yicha maqsadi iqtidorli o‘quvchilari uchun xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, ular orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, xalqaro kompetensiyalar, bilim saviyasi va global raqobatbardoshligini oshirishdir.

14 ta qo‘shimcha to‘garaklar mavjud
Bular til to‘garaklari, IT to‘garaklari, aqliy va nutqiy to‘garaklar, sport va san'at to‘garaklari
O’quvchilarimiz maktabni til sertifikati bilan yakunlashadi
O’quvchilar o’zini ona tilidan tashqari yana 2 ta (asosiy va qo'shimcha) tillarda gaplasha oladilar. Maktab oxirigacha asosiy tili B1-C2 darajada bilishadi, qo’shimcha tilni esa A2-B1 darajada. Agar o’quvchi IELTSdan 6,5 ballni qo’lga kiritsa sertifikat narxini 40%, 7 olsa 60%, 7,5 olsa 80%, 8+ olsa 100% maktab tomonidan qoplab beriladi.

Ta'lim oluvchilar uchun 3 ta maktab avtobuslari
O’quvchilarni o’z vaqtida va qulay tarzda maktabga kelib-ketishini ta'minlash maqsadida maktab avtobuslarimiz harakatlanadi. Har bir avtobusning qatnov jadvali va marshrutlari har 6 oyda tasdiqlanadi.

DATA xalqaro maktabi raqamlarda
400
nafar o‘quvchi sig'imi
14
qo‘shimcha to‘garaklar soni
100
dan ortiq kompyuterlar
(iMac va Windows)
4
maktab avtobuslari soni

30
million so‘mlik sug'urta polisi
