top of page

Maktabga qabul qilish

DATA xalqaro maktabi irqi, diniy eʼtiqodi, jinsi, millati, daromad manbai va oilaviy ahvoliga qarab kamsitilmaslik tamoyillariga amal qiladi. Biz barcha o'quvchilarimizning ta'lim olishda eng yaxshi natijalariga erishishini ta'minlash uchun faqat o'z manbaalarimiz va imkoniyatlarimiz asosida maktabimizdan o`rin berish uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga olamiz.

1_08.jpg

O’quvchilarni qabul qilish dasturi

Farzandini “DATA” xalqaro maktabiga kiritishdan manfaatdor bo‘lgan ota-onalar yoki vasiylar o‘z qiziqishlarini bildirish uchun rasmiy veb-sayt, telefon raqami orqali yoki maktabga shaxsan tashrif buyurish orqali bog‘lanishlari mumkin.

Qabul qilish shartlari, muddatlari va ariza topshirish tartib-qoidalari haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ota-onalar maktabning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishlari yoki
+998 77 135 05 55 telefon raqami orqali qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin va maktab binosiga taklif etiladi.

Eslatma

“DATA” xalqaro maktabi o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim va shaxsiy rivojlanish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan o‘rta ta’limda turli sinflarni taklif etadi.

O‘quvchilarning o‘quv ehtiyojlari va maqsadlariga javob beradigan har tomonlama ta’lim olishini ta’minlash uchun maktabda har bir sinf bosqichi uchun alohida sinflar soni, o‘qituvchi-o‘quvchi nisbati va o‘quv rejasiga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda har bir sinfxonada 20 nafardan oshmagan holda o’quv jarayonlarini tashkillashtirgan.

Farzandini “DATA” xususiy maktabiga kiritishni maqsad qilgan ota-onalar yoki vasiylar maktabga qabul qilish siyosati, yoshga oid mezonlari va sinfga joylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni, o‘qishga qabul qilish talablarini tushunishlari kerak. Maktab tomonidan belgilangan qabul rejasiga rioya qilgan holda, ota-onalar farzandining “DATA” xususiy maktabidagi ta'lim muhitiga muammosiz o'tishini osonlashtirishi mumkin.

  • Maktab nechanchi sinflarni qabul qiladi?
    1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni
  • Ta'lim qaysi tilda olib boriladi?
    Barcha sinflardagi darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
  • Maktabga imtihon asosida qabul qilinadimi?
    Ha, o‘quvchilar imtihon asosida saralab olinadi.
  • Maktabda o‘quv qurollari beriladimi?
    Ha, o‘quvchilar uchun quyidagi o‘quv qurollari beriladi: Davlat standartidagi kitoblar ijarasi Bolalar qo’shimcha foydalanishi uchun kitoblar ijarasi To’garak kitoblari bepul Qo’shimcha bepul darsliklar Barcha fanlar va mashg’ulotlar bo’yicha belgilangan daftarlar 1 ta maktab sumkasi Rangli qog’oz, rangli ruchka va qalamlar Chizma chizish uchun geometrik o’lchagichlar Rassomlik fanida zarur bo’lgan cho’tka, qog’ozlar Va boshqa turdagi o’quv qurollar
  • Maktabda qanday to‘garaklar mavjud?
    Umumiy hisobda bizda 14 ta to‘garak mavjud. Ular til to‘garaklari, IT to‘garaklar, aqliy va nutqiy to‘garaklar, sport va san'at to‘garaklari.
  • Dars kunlari va vaqtlari qanday tashkillashtiriligan?
    Darslar 1-8 sinflar uchun dushanbadan jumagacha, 08:00 - 18:00 oralig'ida davom etadi.
  • Maktabga qanday boriladi?
    O’quvchilarni o’z vaqtida va qulay tarzda maktabga kelib-ketishini ta'minlash maqsadida 3 ta maktab avtobuslarimiz harakatlanadi. Har bir avtobusning qatnov jadvali va marshrutlari har 6 oyda tasdiqlanadi.
  • O‘quvchilarga ovqat beriladimi?
    Albatta, 1-8 sinf o’quvchilarimizga 3 mahal bepul, halol va foydali ovqat beramiz.
1 этаж.jpg
bottom of page